Tramp Olimpiadada bronzani qo‘lga kiritgan AQSh futbolchilari haqida: "Bizga yollanma ishchilar kerak emas"

Tramp Olimpiadada bronzani qo‘lga kiritgan AQSh futbolchilari haqida: "Bizga yollanma ishchilar kerak emas"

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Olimpiadada uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritgan amerikalik futbolchilarni tanqid qildi. Uning so‘zlarini The Independent nashri keltiradi.

«Agar radikal manyaklar guruhi boshqaradigan bizning futbol jamoamiz ijtimoiy muammolarga shunchalik berilib ketmaganida edi, bronza emas, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Faqat siyosat haqida o‘ylasangiz, yutqazasiz. Bizning futbol jamoamizda aynan shunday edi”, - deya ta’kidladi Oq uyning sobiq rahbari.

Tramp jamoada vatanparvarlarning kamligidan afsuslanib, "yollanma askarlar"ni o‘z vatanini sevadigan fuqarolar bilan almashtirishni maslahat berdi. Shuningdek, u sportchilarga Qo‘shma Shtatlar va davlat madhiyasini ko‘proq hurmat qilishni tavsiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!