Tramp mahbuslarning almashtirilishi AQSh uchun manfaatli bo‘lganiga ishonmayapti

Tramp mahbuslarning almashtirilishi AQSh uchun manfaatli bo‘lganiga ishonmayapti

AQSh sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Rossiya bilan mahbuslarni ayirboshlash bo‘yicha kelishuv doirasida amerikalik fuqarolarning vatanga qaytganidan mamnun, biroq bu Vashington uchun manfaatli shartlar asosida amalga oshirilganidan gumonda. Bu haqda Fox Business yozdi.

«Odatdagidek, bu Rossiya yoki biz bilan aloqada bo‘lgan boshqa davlatlarning g‘alabasi bo‘ldi. Lekin biz hech bo‘lmaganda vatandoshlarimizni uyga olib keldik, shuning uchun men bu jihatni tanqid qilmayman», dedi u.

Tramp kelishuvlar tafsilotlarini bilmasligini, ammo baribir ular o‘z mamlakati uchun unchalik foydali emasligiga ishonishini ta’kidladi.

«Men ular (AQSh rasmiylari) bu holatda nima qilganini bilmayman. Ular bu juda murakkab bitim ekanini e’lon qildi. Odatda bu «Biz yomon bitim tuzdik, ammo hech kim tushunmasligi uchun uni ataylab qiyinlashtirdik» degan ma’noni anglatadi», dedi Tramp.

U kelishuvga qanday erishilganini tasavvur ham qilolmasligini, qandaydir to‘lov ham bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Uning eslatishicha, oxirgi marta Qo‘shma Shtatlar shunga o‘xshash almashinuv paytida Eronga 6 milliard dollar to‘lagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!