Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi

Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi

Shu yil 30 iyun kunidan boshlab O‘zbekistonning "Qanot Sharq" aviakompaniyasi Toshkent–Budapesht–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu kelishuv ikki mamlakat tashqi ishlar va transport vazirliklari o‘rtasida olib borilgan samarali muzokaralar natijasidir.

Dastlab parvozlar har yakshanba kuni amalga oshiriladi. Shuningdek, "Qanot Sharq" aviakompaniyasi joriy yil 4 sentyabrdan boshlab ushbu yo‘nalish bo‘yicha chorshanba kunlari amalga oshiriladigan reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Toshkent–Budapesht–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlarining amalga oshirilishi sayyohlar, ishbilarmonlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

– Biz yo‘lovchilarimizga Toshkent va Budapesht o‘rtasida qulay va muntazam qatnovlarni taklif qilishdan mamnunmiz, – dedi "Qanot Sharq" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Moisey Pak, – Ushbu reyslar nafaqat transport qulayligini, balki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni ham mustahkamlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!