Toshkentdagi jinoyat: "Shu ishni hal qilib bering, quruq qo‘ymayman!"

Toshkentdagi jinoyat: "Shu ishni hal qilib bering, quruq qo‘ymayman!"

Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tumandagi qandolat ishlab chiqarish sexlarining birida o‘tkazilgan tekshirishda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi oqibatida davlat manfaatlariga 116 million 900 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlanadi. Bu haqda aniq.uz ning ishonchli manbasi xabar berdi.

Qilmishi fosh bo‘lgan tadbirkor A.V. negadir zararni qoplash haqida emas, surishtiruvchining qo‘yniga qo‘l solib ko‘rish ni ma’qul ko‘rdi. Surishtiruvchini sekin chetroqqa tortib, zararni kamaytirib bersa, uni quruq qo‘ymasligini, bu orqali 5 million so‘m ishlab olishi mumkinligini aytadi. Bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi uchun yana 5 millionning bahridan o‘tishini bildiradi.

MIB surishtiruvchisining bildirgisi asosida Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.V. tekshirishda aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha zararni kamaytirib ko‘rsatish hamda mazkur to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evvaziga pora tariqasida 10 million so‘m bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shu kuni yana bir pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan ham tezkor tadbir o‘tkazildi. Gap shundaki, tadqiqot institutlarining birida ham MIB xodimlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, buning natijasida davlat manfaatlariga 399 million 170 ming 112 so‘m zarar yetkazilgan edi.

Qoidabuzarlik aniqlangach, institut bosh energetigi I.N.ning paytavasiga qurt tushib qoldi. Darhol surishtiruvchi bilan kelishish ga harakat qilib, 2 000 AQSh dollari evaziga uni o‘z tomoniga og‘dirmoqchi bo‘ladi.

Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh energetik institutda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha zararni kamaytirib ko‘rsatish hamda mazkur to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evvaziga taklif qilingan summadan 450 ming so‘mini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!