Toshkentda YPX inspektorlari yangicha formani sinovdan o‘tkazmoqda

Toshkentda YPX inspektorlari yangicha formani sinovdan o‘tkazmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining yangi formada yurgani aks etgan suratlar tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bu masalaga oydinlik kiritdi.

YHXB yo‘l-patrul xizmatining ikki inspektori chindan ham yangi formada xizmatni o‘tamoqda. Tajriba davomida xizmat kiyimining chidamliligi, kiyganda va harakatlanishda qulayligi tekshirilmoqda , deyiladi IIBB xabarida.

Shuningdek, fuqarolar fikrini inobatga olish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, boshqarma aholiga Yo‘llardagi huquq-tartibot xodimlari shunday ko‘rinishda bo‘lishini istaysizmi? degan savol bilan murojaat etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!