Toshkentda jinoyat: soxta dollarlar fosh bo‘ldi

Toshkentda jinoyat: soxta dollarlar fosh bo‘ldi

2020 yilning 13 yanvar kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan tuman IIB yo‘l-patrul xizmati inspektori YA.Toshev tomonidan Angren shahridan Namangan viloyati tomoniga harakatlanib kelayotgan  Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro 33 yoshli U.M. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan vaqtda, uning yo‘lovchilari 22 yoshli I.S.ning yonidan bir dona 100 AQSh dollari va ikki dona 50 AQSh dollari kupyurasidagi hamda 23 yoshli T.X.ning yonidan yigirma bir dona 50 AQSh dollari va ikki dona 100 AQSh dollari kupyurasidagi pullari borligi aniqlanib, umumiy 1450 AQSh dollari miqdoridagi pullar shubha tug‘dirganligi sababli tekshirib ko‘rishlik uchun ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud-texnik ekspertiza xulosasida, I.S. va T.X.lardan olingan 1450 AQSh dollari miqdoridagi pullar qalbaki ekanligi va AQShda ishlab chiqarilgan nominal pul kupyurasiga mos kelmasligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda U.M. va T.X.lar prosessual tartibda ushlanganlar.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!