Toshkentda bosqinchilar “Ipoteka bank” xodimasiga hujum qilishdi

Toshkentda bosqinchilar “Ipoteka bank” xodimasiga hujum qilishdi

Toshkent. 2020 yilning 24 noyabr kuni soat 17:30 da, ikki nafar noma’lum shaxslar, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumani Qo‘yliq 2-dahasi 24-uy yaqinida turgan “Nexia-3” rusumli avtoulovga o‘tirib, avtoulov egasi “Ipoteka bank” Sergeli filiali hisobchisi 39 yoshli Ozoda X.,ga pichoq bilan hujum qilib Ozoda X.,ga tegishli narxi 1.500.000 so‘mlik “Redmi-note 5” rusumli uyali telefon apparati, narxi 5 mln. so‘mlik bir juft ziragi hamda 130 ming so‘m naqd pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Oqibatda, Ozoda X., “o‘ng oyoq son o‘rta uchligi oldingi yuzasi sanchilib kesilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 32 yoshli Azizbek N. va 26 yoshli Azamatjon M., lar sodir etganliklari aniqlanib, tergov jarayonida Azizbek N., va Azamatjon M.,lar ushbu tilla zirakni jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritganliklarini yashirgan holda, “Qo‘yliq” dehqon bozori yaqinida fuqaro 47 yoshli Botir I.,ga 700 ming so‘m evaziga sotganliklari aniqlanib, Botir I.,dan ushbu zirak tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov jarayonida, 32 yoshli Azizbek N., 26 yoshli Azamatjon M.,lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!