Toshkentda boshpanasiz qolgan buxorolik ayol IIBBga murojaat qildi

Toshkentda boshpanasiz qolgan buxorolik ayol IIBBga murojaat qildi

Toshkent shahar IIBBga og‘ir sharoitda boshpanasiz qolgan ayol yordam so‘rab murojaat qildi.

Poytaxt IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bu murojaatni e’tiborsiz qoldirishmadi. Buxorolik 30 yoshli Salima (ism o‘zgartirilgan) bilan Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bog‘lanib, uni ichki ishlar bo‘limiga olib kelishdi va shaxsini aniqlab, qiyinchiliklar sababi haqida surishtirishdi.

Salimaning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi hayotdan ko‘z yumgach ularning oilasi moddiy qiyinchilikka duch kelgan. 2017 yili Salima poytaxtga ishlash maqsadida kelgan. Dugonasi bilan Chilonzor tumanidagi xonadonda ijarada turgan va kafeda hamda qandolat ishlab chiqarish korxonasida ishlab yurgan. Keyinchalik bir yigit bilan tanishib, u bilan birga yashay boshlagan. Yaqinda qiz farzandli bo‘lgan. Bolaning otasi esa unga moddiy yordam berishdan va go‘dakning tarbiyasi bilan shug‘ullanishdan bosh tortgan. Salimaning holatini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyati IIBga tegishli hujjatlar yo‘naltirildi, Salima va uning bolasi esa Chilonzor tumanidagi dugonasining uyiga vaqtinchalik joylashdilar. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!