Toshkent davlat yuridik universitetining akademik liseylari tashkil qilindi

Toshkent davlat yuridik universitetining akademik liseylari tashkil qilindi

Prezidentning 2024 yil 24 maydagi PF–80-son Farmoniga asosan Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik liseylari tashkil qilindi.

Joriy yilning 20 iyun kunidan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan va Samarqand viloyat akademik liseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan https://litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn hujjat topshirish jarayoni boshlanadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
➖ Ariza;
➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
➖ 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda).

Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10 iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.

Ayni paytda akademik liseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida "Call-center" tashkil etilgan bo‘lib, quyidagi telefon raqamlar orqali o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

Murojaatlar uchun:

▪️Namangan viloyat akademik liseyi +998 69 233-07-20;

▪️Samarqand viloyat akademik liseyi +998 66 240-94-15.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!