Vengriya kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va moliya sohalaridagi istiqbolli loyihalardagi ishtirokini kengaytiradi

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va moliya sohalaridagi istiqbolli loyihalardagi ishtirokini kengaytiradi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning "Spektrum" kompaniyasi bosh direktori Jozef Kovach bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mazkur kompaniya bilan joriy munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, O‘zbekistonda IT, qishloq xo‘jaligi, moliya va boshqa sohalardagi istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etishni jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Jozef Kovach mazkur kompaniya tomonidan O‘zbekistonga bankomat uskunalarini yetkazib berish va Kartoshkachilik markazini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uning aytishicha, kompaniya mutaxassislari tajriba tariqasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida "Elita" reproduksiyasi asosida Vengriya kartoshka navlarini ekkan. Ayni paytda tadqiqot natijalari kutilmoqda.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Kartoshkachilik markazini tashkil etish loyihasini yakunlash, qishloq xo‘jaligida yangi loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonga investisiyalarni jalb etish, davlat korxonalarini xususiylashtirish sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!