Hokimlarning mahalliy Kengashga raisligi bekor qilinmoqda – qonun loyihasi

Hokimlarning mahalliy Kengashga raisligi bekor qilinmoqda – qonun loyihasi

Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishga asosan ayrim qonunlarga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgani aytilmoqda.
Yangi qonun loyihasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

– mahalliy Kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan Rais boshchilik qilishi;

– Xalq deputatlari Kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi;

– kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, “Kengash so‘rovi”, “Kengash tekshiruvi” kabi yangi institutlar ham yangi qonun loyihasiga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!