"Real" yozda sotiladigan ikki futbolchisini aniqlab oldi

"Real" yozda sotiladigan ikki futbolchisini aniqlab oldi

Madridning "Real" klubi ikki futbolchisi bilan xayrlashmoqda, bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berdi.

Insayderning xabar berishicha, "Milan" qanot himoyachisi Alexandro Ximenesni sotib oladi. "Real" bu transferdan besh million yevro oladi. Bundan tashqari, "qirollik" klubi markaziy himoyachi Rafa Marinni "Napoli"ga sotishga yaqin turibdi. Bitim summasi o‘n million yevroga baholanmoqda.

Qayd etish joizki, har ikki holatda ham Madrid grandi futbolchilarni keyinrok sotib olish imkoniyatiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!