Britaniya G‘azodagi qatliom sabab Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi

Britaniya G‘azodagi qatliom sabab Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi

G‘azodagi qatliomdan so‘ng Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi. Qayd etilishicha, qurol eksporti bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarning soni urushdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 95 foizga tushgan. Shunga qaramay, tashqi siyosatda o‘zining ayyorona harakatlari bilan mashhur bo‘lgan qirollik G‘azo sektorida qirg‘inbarot urush boshlanganidan beri yahudiy davlatiga 100 dan ortiq qurol eksporti lisenziyasini tasdiqlagan.

G‘azodagi qatliomdan so‘ng Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurol eksporti bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarning soni urushdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 95 foizga tushgan.

Shunga qaramay tashqi siyosatda o‘zining ayyorona harakatlari bilan mashhur bo‘lgan qirollik G‘azo sektorida qirg‘inbarot urush boshlanganidan beri sionistlarga 100 dan ortiq qurol eksporti lisenziyasini tasdiqlagan.

Shu sabab joriy yilning aprel oyida 600 dan ortiq huquqshunos hukumatni Falastindagi genosidning oldini olishga chaqirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya tomonidan tasdiqlangan lisenziyalarning qiymati 2023 yil 7 oktyabrdan 31 dekabrga qadar 1,09 million dollarni tashkil etgan. Qirollik sionistlarga 2022 yilning shu davrida 20 million dollarlik va 2017 yilda 235 million dollarlik qurol-yarog‘ sotgan.

AQShdan farqli o‘laroq, Britaniya hukumati qurollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroilga tutqazmaydi, balki kompaniyalarga qurol sotish uchun tegishli ruxsatnomalarni beradi. Huquqshunoslar esa ularning xalqaro qonunlarga mos kelishini tekshiradi.

Ayni damda Buyuk Britaniyada Huquqiy faoliyat global tarmog‘i va Falastinning "Al-Haqq" inson huquqlari tashkiloti tashabbusi ishtirokida yahudiy davlatiga qurol sotish bo‘yicha sud tekshiruvi davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!