Gresiyada sayyohlar issiqdan halok bo‘ldi

Gresiyada sayyohlar issiqdan halok bo‘ldi

Gresiyada havo haddan ziyod isib, harorat 40 darajadan oshdi, ba’zi joylarda +45 ga yaqinlashdi.

Xorijiy OAV xabar berishicha, jazirama to‘lqin kamida to‘rt nafar sayyohning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Rasmiylar bir necha kishi bedarak yo‘qolganini tasdiqlagan. Vafot etganlar va taqdiri noma’lum shaxslar ro‘yxatida asosan keksalar, yolg‘iz yevropaliklar qayd etilgan.

Mamlakatning diqqatga sazovor joylari, jumladan Afinadagi Akropol ham ayovsiz issiq tufayli yopilgan. Ayrim sayohatchilar ob’ektlarda navbatda turganda hushidan ketgan.

Favqulodda xizmat xodimlari aytishicha, sayyohlar oddiy ehtiyot chorasini ham ko‘rmaydi. Masalan, uzoq vaqt quyosh ostida qolib ketishadi yoki bosh kiyim kiymaydi. Shu munosabat bilan Gresiya rasmiylari sayyohlar uchun maxsus ogohlantirish e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!