Toshkent viloyatida salkam 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida salkam 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida zargarlik buyumlarini noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bojxonachilar tomonidan Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

“Bekobod-avto” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida fuqarolarning bel qismiga matoga o‘rab yashirilgan umumiy qiymati salkam 2 milliard so‘mlik 1 696 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprel o‘rtalarida Hindistonda Indira Gandi aeroportidan 3,2 kilogramm oltinni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak ushlangan edi. O‘zbekiston fuqarosi Dubay reysini amalga oshirish uchun Chandigarh aeroportiga qochib ketgan payti qo‘lga tushgan. 2024 yilning may oxirlarida esa Toshkent viloyatida 1 mlrd 770 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini avtobusda yashirincha olib kirish holati aniqlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!