Tolibonlar AQShga vaqtincha yarashuv taklifini bildirdi

Tolibonlar AQShga vaqtincha yarashuv taklifini bildirdi

Afg‘onistondagi tolibonlar harakati vakillari AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodga yetti kundan o‘n kungacha davom etuvchi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vaqtincha yarashuv taklifi bitilgan hujjatni topshirdi. Bu haqda “Regnum” tolibonlar vakilining ma’lumotiga asoslanib xabar tarqatgan.

Hujjat maxsus vakilga Qatarda topshirilgan. Xabarda mazkur qadam Afg‘onistonda tinchlik barqarorligi uchun muhim ekani ta’kidlanadi, lekin bu tolibonlarning AQSh bilan muzokaralari davom etishiga sabab bo‘lishi noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!