Tolibon BRIKSga ariza topshirdi

Tolibon BRIKSga ariza topshirdi

Tolibon 22-24-oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida ishtirok etish uchun ariza topshirdi, deya xabar qildi BAZA.

Afg‘oniston Islom Amirligi xukumati sanoat va savdo vazirligi rahbari Nuriddin Aziziy nomidan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga BRIKS sammitida ishtirok etish iltimosi bilan yozma ariza yubordi.

Sanoat vaziri Nuriddin Aziziy o‘z maktubida “Afg‘onistonning BRIKS sammitidagi ishtiroki nafaqat afg‘onlar, balki mintaqadagi barcha davlatlarning rivojlanishi uchun muhim. Zero “Markaziy va Janubiy Osiyoga ko‘prik bo‘lib, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim rol o‘ynaydi”, deb yozdi.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston Islom Amirligi bo‘lajak BRIKS sammitida ishtirok etishini e’lon qilgan yagona tan olinmagan davlat emas. Sammit ishtirokchilari orasida Falastin (cheklangan tan olingan davlat) ham bo‘ladi, uning vakillari avvalroq BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan.

Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, bu Falastin uchun ko‘proq siyosiy qadam, BRIKS uchun esa ushbu birlashma birinchi marta butun dunyo tomonidan to‘liq siyosiy tan olinmagan davlat va hududlarga e’tibor qaratganidan dalolat beruvchi siyosiy signaldir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!