Bayrutda Hizbullohning 16 qo‘mondoni o‘ldirildi

Bayrutda Hizbullohning 16 qo‘mondoni o‘ldirildi

Livanning Hizbulloh shia terror tashkiloti Bayrutga kechagi zarba natijasida Ibrohim Aqildan tashqari ushbu guruhning yana 15 nafar yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini tasdiqladi.

Ular orasida Raduan tashkilotining elita bo‘linmasi qo‘mondoni Ahmad Vahbiy va ushbu tuzilma qo‘mondonligining boshqa vakillari ham bor edi. Raduan Hizbullohning eng jangovar bo‘linmasi hisoblanadi, uning soni besh minggacha jangchi bo‘lishi mumkin.

Ibrohim Aqil va boshqa qo‘mondonlarning o‘ldirilishi so‘nggi bir necha kun ichida jangarilar qo‘lidagi peyjerlar va rasionlarning portlashi ortidan Hizbullohga berilgan so‘nggi zarba bo‘ldi. G‘arb sharhlovchilarining fikricha, Isroilning Livandagi Hizbullohga qarshi keng ko‘lamli operasiyasi tez orada boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!