Qayrag‘ochlarni kestirgan fermer jazoga tortildi

Qayrag‘ochlarni kestirgan fermer jazoga tortildi

Sayxunobodlik fermer dala maydonida o‘sib turgan daraxtlarni kesish qonunga zid ekanligini bilsa-da, ikki nafar ishchisi yordamida 21 tup qayrag‘ochni kesib, sotib yuborgan.

Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Bioxilma-xillikni asrash va kadastrini yuritish shu’basi xodimlari tomonidan aniqlangan va dalolatnoma tuzilgan.

Dalolatnomaga ko‘ra, fermer va uning sheriklari o‘simliklar dunyosiga 1 milliard 459 million 149 ming so‘m zarar yetkazgan. Bu so‘mma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorining 4-ilovasiga asosan hisoblanib, mutaxassislar tomonidan asoslab berilgan.

Ushbu ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudida sud raisi Fazliddin Suvonqulov tomonidan ko‘rib chiqildi. Fermer va uning sheriklariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan ikki yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Shu bilan birga, O‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zarar tegishlicha tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi foydasiga undirilishi mazkur sud tomonidan belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!