Olmaliqdan Xo‘jandga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Olmaliqdan Xo‘jandga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 20 sentyabr sanasidan boshlab Olmaliqdan Xo‘jandga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda qatnovlar “OLMALIQ ISUZU TRANS” korxonasi tomonidan har kuni bir marotaba amalga oshiriladi.

Avtobuslar soat 7:00 da Olmaliq avtoshohbekatidan harakatlanadi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!