Rossiya Ukraina energetika ob’ektlariga tunda zarba berganini aytmoqda

Rossiya Ukraina energetika ob’ektlariga tunda zarba berganini aytmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi kechada Ukraina energetika ob’ektlariga yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz samolyotlar bilan zarba berganini ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari faoliyatini ta’minlovchi energetika ob’ektlari va Ukraina Qurolli kuchlari joylashtiriladigan joylar zarbaga uchragan.

Ukrainaning bir qancha hududlari kechasi Rossiya havo hujumlari haqida xabar berdi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 5 ta raketa va 11 ta uchuvchisiz uchish apparati tutib olinganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!