Amerika xususiy harbiy kompaniyasi Maduroni ag‘darishga tayyorlanmoqda

Amerika xususiy harbiy kompaniyasi Maduroni ag‘darishga tayyorlanmoqda

Amerikaning Blackwater xususiy harbiy kompaniyasi (AQSh harbiy-dengiz kuchlarining sobiq zobiti Erik Prins tomonidan asos solingan) Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darish uchun million dollar yig‘di.

Bu haqda STV-News xabar bermoqda.

Amerikaning xususiy armiyasi bu miqdorni uning asoschisi Erik Prins Nikolas Maduroga qarshi mablag‘ to‘plash haqida e’lon qilganidan keyin 72 soatdan kamroq vaqt ichida to‘pladi.

Shu bilan birga, AQSh Senatiga Maduroni hibsga olganlik uchun mukofot pulini 15 million dollardan 100 million dollargacha oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!