Shaxmat olimpiadasi: Ikki yil oldingi natija takrorlanmadi

Shaxmat olimpiadasi: Ikki yil oldingi natija takrorlanmadi

Budapeshtdagi shaxmat olimpiadasining 9-tur bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston jamoasi bilan kurash olib bordi.

Kutilganidek, ehtiyotkor o‘tgan musobaqaning 1-taxtasida Nodirbek Abdusattorov - Dommaraju Gukesh kurashida har ikki shaxmatchi murakkab vaziyatlardan qochgan holda harakatlandi. Bu esa 28-yurishdan boshlangan va 32-qayta takrorlangan holatda tomonlarni murosa yo‘lini tanlashiga olib keldi.

Xuddi shuningdek, g‘oliblik uchun kurash olib borgan Javohir Sindorov - Pragganandha Rameshbabu, Shamsiddin Vohidov - Erigaisi Arjun, Jahongir Vahidov - Santosh Vidit bahsida ham tenglikka imzo chekildi.

Ushbu natija Hindiston jamoasining ochkolari soni 17 taga yetishini, O‘zbekiston 15 ochko bilan kuchlilar qatoridagi joyini mustahkamlashiga xizmat qildi.

Qizlar musobaqasida Afro‘za Hamdamova - Teodora Injach, Nilufar Yoqubboyeva - Marina Gajchin, Marjona Malikova - Tiyana Mandura, Nodira Nodirjonova - Yovanna o‘zaro kuch sinashdi.

Afro‘za Hamdamova va Nilufar Yoqubboyeva durangga erishdi. Marjona Malikova mag‘lubiyatga uchradi. Nodira Nodirjonova esa g‘alabaga erishib, jamoamizga 1 ochkoni taqdim etdi. Bu esa shaxmatchi qizlarimizning Serbiya bilan murosa yo‘lini tanlashiga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!