Ukraina harbiy uchuvchilarining birinchi guruhi Fransiyada Alphajet samolyotlarida o‘tkazilgan olti oylik o‘quv kurslarini tamomladi

 Ukraina harbiy uchuvchilarining birinchi guruhi Fransiyada Alphajet samolyotlarida o‘tkazilgan olti oylik o‘quv kurslarini tamomladi

Ukraina harbiy uchuvchilarining birinchi guruhi Fransiyada Alphajet samolyotlarida o‘tkazilgan olti oylik o‘quv kurslarini tamomladi — Fransiya qurolli kuchlari matbuot xizmati.

Avvalroq Le Monde nashri uchuvchilar dastlab Buyuk Britaniyada bir necha oy davomida ingliz tilini o‘rganishgani, so‘ngra Fransiyaga kelib Alphajet samolyotida nazariy va parvoz mashg‘ulotlaridan o‘tgani haqida xabar bergan edi. Bu samolyotlar G‘arb davlatlari Ukrainaga yetkazib bergan F-16 qiruvchi samolyotlari kabi jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, va’da qilingan 79 ta F-16 qiruvchilarining dastlabki o‘ntasi 31 iyul kuni Ukrainaga yetkazib berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!