Agar HAMAS rahbari maxsus kodlash tizimini ishlab chiqmaganida allaqachon o‘lganlar orasida bo‘lishi mumkin edi

Agar HAMAS rahbari maxsus kodlash tizimini ishlab chiqmaganida allaqachon o‘lganlar orasida bo‘lishi mumkin edi

Agar Yahyo Sinvar isroil qamoqxonasidagi mahbuslik chog‘ida isroilning razvedka to‘plash tarmog‘idan himoya qilgan kodlash tizimini ishlab chiqmaganida edi, allaqachon o‘lganlar orasida bo‘lishi mumkin edi.

HAMAS lideri – Sinvar telefon qo‘ng‘iroqlaridan, qisqa matnli xabarlar va boshqa elektron aloqa usullaridan foydalanishdan iloji boricha uzoq turadi. Arab sulh muzokarachilariga ko‘ra, bu narsalarning o‘rniga u HAMAS operasiyalarini yer osti tunnellarida turib boshqarish imkonini beruvchi murakkab kodlar va qo‘l yozuvi kabi xabarlashuv yo‘llaridan foydalanadi.

Muzakorachilarga ko‘ra, ular Sinvardan oladigan xabarsimon narsa qo‘l yozuvidan iborat. Bu yozuv avval ishonchli HAMAS a’zosiga yuboriladi, so‘ngra u uni uslubicha yetkazadi.

Xabarlar ko‘pincha turli kodlar bilan kodlanadi. Bu isroil uni topa olmasligining asosiy sabablaridan biri sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!