Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar kechiktirilishi ma’lum qilindi

Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar kechiktirilishi ma’lum qilindi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Krasnoyarskka va ortga parvoz qiladigan yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, bugun 21 sentyabr kuni rejalashtirilgan HY9683/9684 aviaqatnovi texnik sabablarga ko‘ra Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kechikib amalga oshiriladi.

Jadvalga muvofiq:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish mahalliy vaqt bilan soat 12:00;
  • Krasnoyarskka yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 17:30.
  • Krasnoyarskdan jo‘nab ketish mahalliy vaqt bilan soat 19:00;
  • Toshkentga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 20:50

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!