Veolia Energy Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi oshishi bo‘yicha oydinlik kiritdi

Veolia Energy Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi oshishi bo‘yicha oydinlik kiritdi

Kompaniya tariflarni oshirish majburiy qadam bo‘lganini ta’kidladi.

Shu yilning 12 sentyabrida Xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar (byudjet tashkilotlari bundan mustasno) uchun tariflarni 15 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

Kompaniya tariflarning oshishiga issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan energiya resurslari – gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishi ta’sir ko‘rsatdi.

2023 yilda korxonalar uchun elektr energiyasi tariflari bir necha barobarga oshdi. Ushbu qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun 2023 yil 2 dekabrdan boshlab byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun tariflar oshirildi.

Ammo shunga qaramay, 2023/2024 yilgi isitish mavsumi tugagunga qadar aholi uchun tarif o‘zgarishsiz qoldi. 2024 yil 2 apreldan boshlab tarif 15 foizga oshdi, shunda ham bu energiya resurslari narxining o‘sish sur’atidan sezilarli darajada past. Bu 2019 yildan buyon aholini tarifini ilk oshishi edi.

Subsidiyalar haqida

Amaldagi aholi tarifi, bazaviy tarifning 16 foizni qoplaydi. Kutilayotgan 15 foiz o‘sishdan keyin esa 18 foizni qoplay boshlaydi. Qolgan qismi doimgidek davlat subsidiyalari bilan qoplanadi.

Yangi tariflar qachon kuchga kiradi?

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori — yangi tarifni tasdiqlash va qo‘llash bo‘yicha oraliq bosqich hisoblanadi. Keyingi qadamlar:

1. Kengashning qarori ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar hokimiga yuboriladi.

2. Hokim qarorining loyihasi tanishish va jamoatchilik muhokamasi uchun www.regulation.gov.uz portalida e’lon qilinadi. Muhokama muddati — 15 kun.

3. Yakuniy qarorni Toshkent shahar hokimi imzolaydi. Tariflar mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Tariflarning kuchga kirish sanasi Veolia Energy Tashkent kompaniyasining rasmiy resurslarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

"Biz tariflarning oshirilishi katta yuklama ekanligini tushunamiz. Ammo Veolia Energy Tashkent kompaniyasi hamma kabi tannarximizni tashkil etuvchi energiya narxiga bog‘liqligini inobatga olishingizni so‘raydi. Tariflarni oshirish majburiy qadamlardan biri. Biz iqtisodiy voqelik va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolish uchun imkonimiz doirasidagi barcha choralarni amalga oshirmoqdamiz" deyiladi bayonotda.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!