Tojikistonda o‘smirlar tomonidan yoqib yuborilgan qizcha reanimasiyada qolmoqda

Tojikistonda o‘smirlar tomonidan yoqib yuborilgan qizcha reanimasiyada qolmoqda

Odamlarni dahshatga solgan bu hodisa 19 iyun kuni poytaxtning Sino tumani hududida yuz berdi. Uch o‘smir qizchani yoqib yubordi.

Mamlakat IIVning bayonot berishicha, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan voyaga yetmagan uch bola ushlandi, biroq qizchaning ota-onasining so‘zlariga qaraganda, bolalar hamon ozodlikda yurishibdi.

Shifokorlarning aytishicha, olti yoshli Osiya Zulfonovaning badani 65 foizi kuygan va reanimasiyada yotibdi.

3-shahar kuyish shifoxonasi bosh shifokori Tohir Zubaydovning aytishicha, qizcha tana qismining 45 foizida chuqur kuyish olgan. “Jabrdiydaning ahvoli nihoyatda og‘ir, shifokorlar uni qutqarish uchun qo‘ldan kelgan ishni qilmoqda”, - deydi u.

Shifokorning so‘zlariga qaraganda, kuyishning katta qismi qizning orqasiga, chap qo‘liga va oyog‘iga to‘g‘ri keladi, shu sababli davolash va reabilitasiya uzoq muddatni oladi.

Mazkur fakt Dushanbe shahar prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda. Bugungi kunga qadar jinoyat sabablari oshkor qilinmadi.

IIV ma’lumotiga qaraganda, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon yuz bergan hodisadan o‘z tashvishini bildirgan. Xabarlarga qaraganda, Prezident sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga jabrdiyda qizni davolashni o‘z nazoratiga olishni topshirdi.

Juma kuni “Faraj” nashrining xabar qilishicha, Dushanbe shahridan 5 kilometr g‘arbdagi Rudakiy tumani Choryakkaron jamoatida uch nafar o‘smir o‘z uyi oldida dugonalari bilan o‘ynayotgan olti yoshli qizni to‘siq setkasiga bog‘lab qo‘yishgan va yoqib yuborgan.

Qizning otasi Sherzod Zulfonovning aytishicha, shavfqatsiz jinoyatini qo‘shni qishloqdan kelgan, kun bo‘yi qishloqma-qishloq sandiraqlab yuradigan bolalar sodir etgan, deya xabar beradi “Faraj” nashri.

Huquq tartibot idoralari xodimlari ham tergov davom etayotgani bois izoh bermadi. Mazkur dahshatli hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!