Timur Kapadze: "Qayerdadir tajribasizlik pand berdi"

Timur Kapadze: "Qayerdadir tajribasizlik pand berdi"

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze "C" guruh 2-tur doirasidagi Misr (0:1)ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

– Bunaqangi erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Harakat qildik, ammo ilk o‘yindayam, bugun ham qayerdadir omadsizlik, qayerdadir tajribasizlik pand berdi.

Kelib ko‘rdik, eng alamlisi bundan yaxshiroq o‘ynashimiz va ikkala bahsda ham g‘alaba qozonsak bo‘lardi. Epizodlarda xatoga yo‘l qo‘ygan holda gol o‘tkazib yuborgan.

Keyingi safar kelganimizda bundan ham kuchliroq bo‘lamiz. Muxlislarga rahmat aytaman va uzr so‘rayman. Oldingi va bugungi o‘yindagi eng zo‘rlari muxlislar edi. Hali ularni g‘alabalar bilan xursand qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!