“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” chipta narxlari oshishi sabablarini ma’lum qildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” chipta narxlari oshishi sabablarini ma’lum qildi

O‘zbekistonda poyezdlar uchun chiptalar narxi oshirila boshlandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” vakillari matbuot anjumanida buning sabablariga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, 2018 yildan beri chiptalar narxi o‘zgarmagan edi. Shu bilan birga, oylik ish haqi 350 foizga, elektr energiyasi 800 foizga, vagonlarning ta’mirlash sarf-xarajatlari 180 foizga va boshqa xarajatlar 520 foizga oshgan. Chiptalar narxi ko‘p yillar davomida o‘zgarmagan bo‘lsa-da, vagonlar ishlab chiqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmatlar narxi sezilarli darajada oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!