Qoraqalpog‘istonda qarzdor ota 105 million so‘m aliment pulini to‘ladi

Qoraqalpog‘istonda qarzdor ota 105 million so‘m aliment pulini to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman sudining 2017 yil 30 iyundagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi A.S. foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor K.B.dan har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangandi.

Mazkur hujjat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishildi. Aliment pullari o‘z vaqtida to‘lab borilmaganligi oqibatida, uning qarzdorligi 105 million so‘mdan oshib ketgan. Shu sababli, qarzdor otaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar sudga yuborildi. Uning nomidagi 2019 yil ishlab chiqarilgan “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xatlovga olinib, jarima maydoniga qo‘yildi.

Natijada qarzdor ota K.B. jami 105 million 240 ming so‘m aliment pulini to‘lab berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!