Vyetnamga o‘ta kuchli to‘fon kirib keldi

Vyetnamga o‘ta kuchli to‘fon kirib keldi

Bu yil Osiyoda eng kuchli ekanligi e’tirof etilayotgan “Yagi” super to‘foni shanba kuni Vyetnam shimoliga yetib keldi. Bu haqda ushbu mamlakat meteorologiya agentligi ma’lum qildi.

Xitoy janubidagi Xaynan orolini aylanib o‘tgan mazkur tabiiy ofat oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, o‘nlab odam yaralangani ma’lum.

2024 yil dunyo bo‘ylab kuzatilgan ikkinchi eng kuchli tropik siklon hafta boshida Filippin arxipelagi sharqida paydo bo‘lganidan buyon kamida 16 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Vyetnamga o‘ta kuchli to‘fon kirib keldi

Dovul bugun mahalliy vaqt bilan 13:00 atrofida Shimoliy Vyetnamning orol qismini qopladi. Markaziy nuqta yaqinida 160 km/soat tezlik olgan shamol 234 km/soatgacha ko‘tarildi.

Qirg‘oq bo‘yidagi sanoat markazi – Xayfon shahrida 2 million aholi yashaydi, yirik xorijiy kompaniyalar, mahalliy “VinFast” avtomobil ishlab chiqarish zavodi joylashgan. Aynan shu hudud eng ko‘p zarar ko‘rdi.

Rasmiylar shaharning ayrim qismlari elektr ta’minotidan uzilish yuz berganini tan olishdi.

Hukumat qirg‘oq bo‘yidagi shaharlardan 50 mingga yaqin odamni ko‘chirdi, hududga 450 ming askar joylashtirildi.

Shningdek, to‘rtta aeroport faoliyati bir necha soatga to‘xtatilgan. Masalan, Xanoyning Noi-Bai hududi va mamlakat shimolidagi eng gavjum mintaqalarga qatnaydigan 300 dan ziyod reys bekor qilindi.

12 ta shiimoliy muzofot, jumladan poytaxtda o‘rta maktablar yopildi.

Olimlar ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi sabab isiyotgan okean tomondan kelayotgan tayfun tobora kuchaymoqda.

O‘tgan hafta Yaponiya janubi-g‘arbida ko‘tarilgan “Shanshan” mamlakatda so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchli to‘fon sifatida baholandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!