Texasdagi yuk mashinasida AQShga kirmoqchi bo‘lgan 46 nafar migrantning jasadi topildi

Texasdagi yuk mashinasida AQShga kirmoqchi bo‘lgan 46 nafar migrantning jasadi topildi

Texasda AQShga kirmoqchi bo‘lgan 46 nafar muhojirning jasadi bo‘lgan yuk mashinasi topildi. Migrantlar suvsizlikdan vafot etgan.

Furani San-Antonio shahridagi avtoturargohda ishchi ko‘rib qoldi – u ichkaridagi odamlarning yordam so‘rashini eshitdi. Yuk mashinasi ochilganda, ichida omon qolgan 16 kishi (12 kattalar va to‘rt bola) bo‘lgan va ular kasalxonaga yetkazilgan.

Ammo hamma ham omon qolmadi - qurbonlardan tashqari yuk mashinasi ichidan 46 kishining jasadi topildi. San-Antonioda hozir 35 daraja issiq. Aftidan, muhojirlar suvsizlanish va qizib ketishdan vafot etgan.

Polisiya uch kishini hibsga oldi, biroq ularning yuk mashinasi va o‘lganlar bilan qanday aloqasi borligi hozircha aniq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!