Termiz shahrida to‘xtatilgan “Damas” avtomobili haydovchisi qidiruvda bo‘lib chiqdi

Termiz shahrida to‘xtatilgan “Damas” avtomobili haydovchisi qidiruvda bo‘lib chiqdi

2022 yil 29 noyabr Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Taraqqiyot” ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi SH.Raximov tomonidan “Damas” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1987 yilda tug‘ulgan A.U.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro A.U. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi, 228-moddasi 1-qismi, 184-moddasi 1-qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, Jarqo‘rg‘on tumani Prokuraturasi tomonidan qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.U. Termiz shahar IIBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!