Tennis: Nigina Abduraimova Shveysariya kortlarida porlamoqda

Tennis: Nigina Abduraimova Shveysariya kortlarida porlamoqda

Mamlakatimizning birinchi raqamli ayol tennischisi Nigina Abduraimova Shveysariyada o‘tkazilayotgan «W75 BELLINZONA LADIES OPEN» turnirida yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Nigina yakkalik bahslarining ilk davrasida germaniyalik Mona Bartel bilan raqobatlashdi va 1:6, 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Endi tennischimiz chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda italiyalik Lukresiya Stefanini bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, N.Abduraimova juftliklar o‘rtasida Fransiyalik Karol Monne bilan tandem hosil qilib, birinchi davrada mezbonlar tennischilari Kyara Talleri va Zoi Kayegini 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, chorak finalga chiqqan Nigina va Karol ushbu bosqichda slovenyalik Dalila Yakupovich hamda ruminiyalik Irina Bara tandemini sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.

Darvoqe, Nigina Abduraimova ishtirokidagi yakkalik va juftlik bahslari uchrashuvlari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:30 dan so‘ng o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!