Tender bahona 57 500 AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Tender bahona 57 500 AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida joriy yilning 25 oktyabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Qirqyop qishlog‘ida yashovchi SH.B. shu yil 8 iyul kunidan 13 iyul kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi SH.YU. rahbarligidagi korxonani o‘tkazilgan tenderda qatnashishi uchun yordam berishligini va buning uchun bankka pul to‘lash kerakligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 57 500 AQSh dollarini olib, shu kungacha bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha SH.B. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!