Telegram yana hujumga uchradi

 Telegram yana hujumga uchradi

Janubiy Koreya polisiyasi Telegram'ga qarshi dastlabki tergov boshladi. Kompaniya deepfakes tarqalishiga yordam berganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Milliy tergov byurosi rahbari Vu Chon Suning ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada bunday tekshiruv birinchi marta o‘tkazilmoqda. U, shuningdek, bu tergov Fransiya hukumati tomonidan olib borilgan so‘nggi harakatlarga o‘xshashligini qo‘shimcha qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyi oxirida bor-yo‘g‘i to‘rt kun ichida deepfake bilan bog‘liq 88 ta shikoyat kelib tushgan. Buning doirasida 24 nafar gumondor shaxs aniqlandi. Polisiya, shuningdek, avtomatik ravishda deepfakelarni yaratuvchi sakkizta Telegram botlari hamda bunday materiallarni tarqatuvchi guruhlar faoliyatini tekshirmoqda.

❕ Qayd etilishicha, tergov jarayoni Telegram'da foydalanuvchi akkauntlari haqida ma’lumot berilmagani uchun murakkab. Janubiy Koreya tergovchilari ushbu muammoni hal qilish uchun fransuz hamkasblari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!