Tanzaniyada noma’lum kasallik kishilarning o‘limiga sabab bo‘lyapti

Tanzaniyada noma’lum kasallik kishilarning o‘limiga sabab bo‘lyapti

Tanzaniyada noma’lum kasallik tufayli 15 kishi vafot etdi, 50 dan ziyod kishi kasalxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.  

Kasallanish holati mamlakat g‘arbidagi Mbeya shahrida kuzatildi. Bemorlar asosan bosh aylanishi, ko‘ngilning behuzur bo‘lishi va qon aralash qusishdan shikoyat qilyapti. Kasallikka aynan nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Shifokorlarning aytishicha, bemorlarning aksari erkaklar bo‘lib, ular avval oshqozon yarasi yoki jigar kasalligi bilan og‘rigani aniqlandi.

Tanzaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Dorot Gvadjima hududga ekspertlar yuborilganini ma’lum qildi.

Mbeya mintaqasida xuddi shunday holat 2018 yilda ham kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!