Tadbirkorga dilerlikni va’da qilgan firibgar ushlandi

Tadbirkorga dilerlikni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Q.Z. tadbirkor S.ning ishonchiga kirib, unga “FLASH” energetik ichimligi dilerligini va katta miqdordagi ichimliklarni olib berishni va’da qilib, tadbirkorning 189,6 mln so‘m va 7 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!