Suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan fermer xo‘jaligi tizimga 2,2 milliard so‘mlik zarar keltirdi

Suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan fermer xo‘jaligi tizimga 2,2 milliard so‘mlik zarar keltirdi

“O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi tomonidan tezkor nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Galdagi tezkor tadbirda aniqlanishicha, Urganch tumanida joylashgan "V.B." fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv nasosi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulangan va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 2,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!