Surxondaryolik ayol IIB xodimlari erini olib ketib, qiynab o‘ldirganini aytmoqda

Surxondaryolik ayol IIB xodimlari erini olib ketib, qiynab o‘ldirganini aytmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab o‘ldirgani haqida murojaat tarqaldi.

Marhumning rafiqasi aytishicha, oilaviy mojarodan keyin tomonlar kelishib olishgan bo‘lsa-da, Hasan Xushmatovni IIB xodimlari majburlab olib ketishadi. Ayolning uchastka noziriga murojaati ham e’tiborsiz qoldiriladi. «Sen aralashma», degan javobni oladi. Biroz vaqt o‘tib, ayolning yaqinlari eri kasalxonada yotganini aytishadi.

Erkakning jarohatlanmagan joyi qolmagan va ayovsizlarcha kaltaklanishdan juda ayanchli holga tushirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!