Surxondaryoda sinf rahbari o‘quvchilarni nega kaltaklagani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda sinf rahbari o‘quvchilarni nega kaltaklagani ma’lum bo‘ldi

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi 2019 yilning 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan "Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 7-sonli  umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-“B”sinf rahbari Yusupov Alisher o‘quvchilarni ayamasdan kaltakladi, buni kim nazorat qiladi? Qachongacha davom etadi bu holat?" Sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Videolavhada keltirilgan holatlar viloyat hokimligi, Muzrabot tumani hokimligi va tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida haqiqatdan xam 2019 yilning 18 noyabr kuni Muzrabot tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-“B” sinfida ushbu holat bo‘lib o‘tganligianiqlandi. Shuningdek o‘rganish davomida maktabning 10-“B” sinf o‘quvchilari sinf rahbari A.Yusupov tomonidan 16 noyabr, ya’ni shanba kuni so‘roqsiz dars qoldirganliklari uchun izoh so‘ralib, tanbeh berilayotgan holat o‘quvchi tomonidan uyali telefon orqali tasvirga olingan va o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan telegram ijtimoiy  tarmog‘iga tarqatilganligi aniqlandi.
10-“B” sinf o‘quvchisi J.R o‘z tushuntirish xati orqali  haqiqatdan ham shanba kuni dars mashg‘ulotiga kelmaganligi, so‘roqsiz dars qoldirganligi va sinf rahbariga nisbatan hurmatsizlik qilgani oqibatida sinf rahbari uni bir ikki tarsaki urganligini ma’lum qildi.
10-“B” sinf rahbari A.Yusupov  haqiqatdan ham shu kuni o‘quvchilar tarbiyasini o‘ylagan holda o‘quvchilarga nisbatan qattiqqo‘llikni oshirib yuborganligini tan oldi va ushbu qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirdi.
Ushbu holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasi bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida o‘qituvchining o‘g‘liga nisbatan qilgan munosabati, qattiqqo‘lligi yuzasidan hech qanday e’tirozi yo‘qligini bildirdi. Maktabda ushbu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, maktab direktori tomonidan o‘qituvchi A.Yusupov o‘z vazifasi majburiyatlariga ma’suliyatsizlik bilan qaraganligi va maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi, 1-bandi, 1-qismiga asosan “Xayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi va sinf rahbari lavozimidan ozod etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!