Surxondaryoda qimmat narxlarda sotilgan chiptalar soxtamidi? Nega yo‘lovchilar aeroportda sarson bo‘ldi?

Surxondaryoda qimmat narxlarda sotilgan chiptalar soxtamidi? Nega yo‘lovchilar aeroportda sarson bo‘ldi?

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda qimmat narxlarda Moskvaga uchish uchun sotib olingan chiptalar soxta ekanligi, yuzdan oshiq yo‘lovchilar aeroportda sarson bo‘layotganliklari aytilgan xabar tarqaldi.

Mazkur xabar haqiqatga qanchalar yaqin ekanligini aniqlashtirish maqsadida Zamon.uz muxbiri “Uzbekistan airways” AJ matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qoldirilgan reys Rossiyaning“red wings” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, 13 iyun kuni uchish reysi Toshkentdan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan. Biroq, ma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshirilmagan.

Ta’kidlanishicha, ushbu reysda uchish kerak bo‘lgan yo‘lovchilar Xalqaro aeroportning kutish xonasida qolib ketishgan, ichkariga qo‘yilmagan. Sababi reys o‘z vaqtida uchmagan.

Hozirda yo‘lovchilar o‘z manziliga uchib ketganmi yoki yo‘qmi, chiptalarning haqiqiy yoki soxta ekanligi bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!