Surxondaryoda diniy oqimlarga kirib qolgan ayol 3 farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Surxondaryoda diniy oqimlarga kirib qolgan ayol 3 farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida istiqomat qiluvchi 1974 yilda hamda 1987 yilda tug‘ilgan aka-uka Ilhom va Erkin To‘rayevlar 2011 yil Rossiya davlatiga ishlash uchun boradi. Afsuski, ular u yerda O‘zbekiston islom harakati xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilib qolishadi va odamlarni yollash bilan shug‘ullana boshlaydi. Shu orada Ilhom To‘rayev turmush o‘rtog‘i va farzandlarini ham yolg‘on va’dalar bilan o‘z yoniga chaqirib oladi. Ammo Ilhomning qing‘ir harakatlari uzoqqa cho‘zilmadi. Tez orada u huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportasiya qilindi.

Ilhom To‘rayev qo‘lga olingan vaqtda uning ukasi Erkin Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘nim topib, Pokiston, Afg‘oniston va Suriya davlatlaridagi O‘zbekiston islom harakati va Imom al-Buxoriy katibasi xalqaro terroristik tashkilotlar safiga yangi a’zolarni yollash va jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanib kelardi. Shundan so‘ng Erkin 2013 yil akasining turmush o‘rtog‘i va farzandlarini Rossiyadan Turkiyaga chaqirib oladi va ularni ham o‘zlarining safiga qo‘shadi.

2019 Ilhom To‘rayevning turmush o‘rtog‘i va 3 nafar voyaga yetmagan farzandi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Turkiya davlatidan O‘zbekistonga qaytarildi.

2013 yil o‘zga yurtlarga ketib, adashib diniy oqimlarga aralashib qoldim, deydi Xolbibi Ko‘chirova. Istambul shahrida farzandlarim bilan ijarada qiynalib yashadim, bolalarimning hujjatlari yo‘q edi, hech qayerga murojaat qilolmadim. 10 yoshli katta farzandim hujjati yo‘qligi uchun maktabda o‘qiy olmadi. Vatanga qaytgim kelardi, lekin qaytishni iloji bo‘lmadi.

Hozirda Ilhom To‘rayev Sherobod tumanida joylashgan manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayapti va shu bilan birga, Jarqo‘rg‘on tumanidagi g‘isht zavodida shartnoma asosida ishlab kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!