Surxondaryoda bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi

Surxondaryoda bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 25 fevral kuni bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi.

Shu kuni taxminan soat 10:30 da tumanning Duoba mahallasida yashagan J.X. (erkak, 1980 yilda tug‘ilgan) va uning farzandlari J.M. (o‘g‘il, 2013), SH. M. (qiz, 2016), S.M. (qiz, 2018) uxlab yotgan vaqtida temirdan qo‘lbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Z.N. (ayol, 1986) va N.M. (qiz, 2008) esa Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 yoshli qiz 27 fevral kuni vafot etdi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!