Sud Alisher Usmonovni Germaniyadagi villa egasi deb atashni taqiqladi

Sud Alisher Usmonovni Germaniyadagi villa egasi deb atashni taqiqladi

Germaniyaning Hamburg hududi sudi Tegernseer Stimme gazetasiga rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Bavariyada villasi borligi haqidagi da’voni tarqatishni taqiqladi. RBK xabariga ko‘ra, bu haqda sudning 10 iyundagi qarorida aytiladi.

Taqiqni buzgan har bir holat uchun sud 250 ming yevrogacha jarima soladi. Agar bunday jarimani undirishning iloji bo‘lmasa, sudlanuvchi har bir qoidabuzarlik uchun 6 oygacha, barchasini qo‘shib hisoblaganda 2 yilgacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

Usmonovning advokatlari gazetani 2017 yilda chop etilgan maqola yuzasidan sudga bergan edi, unda tadbirkor «mish-mishlarga ko‘ra, Tegernzee ko‘lida 1 yil davomida katta villaga egalik qilgani» yozilgan.

Usmonovning mediahuquqlar bo‘yicha advokati Yoaxim Shtaynxefel so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Usmonovga nisbatan sanksiyalari aynan matbuotda e’lon qilingan maqolalarga asoslangan.

Usmonov ushbu sanksiyalardan sud orqali xalos bo‘lishga urinmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!