Somali poytaxtida Pentagon rahbarining tashrifi kuni terakt sodir bo‘ldi

Somali poytaxtida Pentagon rahbarining tashrifi kuni terakt sodir bo‘ldi

Somali poytaxti Mogadishoda, aeroportdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi "Vesti".

Xabar qilinishicha, terrorchi portlovchi qurilmani aeroport yaqinidagi nazorat punktida ishga tushirgan. Hujum maqsadi milliy razvedka va xavfsizlik idoralarining yuqori lavozimli amaldorini yo‘q qilish bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida kamida olti kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohat olgan. Qurbonlardan biri Efiopiya elchixonasi xodimi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari polisiya va maxsus xizmatlar tomonidan tekshirilmoqda.

Shuningdek, hujum Pentagon rahbari Kristofer Millerning Somaliga rejasiz tashrif buyurgan kuni sodir bo‘lganligi ma’lum. U shu kuni Mogadishoda bir necha soat turib, Somalida joylashgan AQSh harbiylari bilan uchrashgan. Ma’lum qilinishicha, bu AQSh mudofaa vazirining ushbu mamlakatga birinchi tashrifi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!