Slovakiya Ozarbayjondan gaz sotib olishni boshladi

Slovakiya Ozarbayjondan gaz sotib olishni boshladi

Ozarbayjon oxirgi yarim asr davomida Kremlning deyarli faqat o‘zi nazorat qilib kelgan Yevropaga gaz yetkazib berish hajmini oshirishni davom etmoqda.

Ozarbayjonning SOCAR davlat neftegaz korporasiyasining ma’lum qilishicha, 1 avgustdan boshlab Kaspiy dengizidagi ulkan Shohdengiz konidan topilgan gaz Sloveniyaga yetkazib berilmoqda.

«Etkazib berish joriy yilning 17 iyulida SOCAR va Sloveniya tabiiy gaz bozoridagi eng yirik kompaniya Geoplin o‘rtasida gaz ta’minoti sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida imzolangan anglashuv memorandumiga muvofiq amalga oshirilmoqda», — deyiladi korporasiya matbuot xizmati bayonotida.

Ukrainada urush boshlangunga qadar gaz iste’molining qariyb 40 foizini «Gazprom» orqali ta’minlab kelgan Sloveniya Ozarbayjondan gaz import qilishga o‘tgan Yevropadagi oltinchi davlatga aylandi.

Avvalroq Italiya, Gresiya, Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va Serbiya SOCAR’dan gaz xarid qilishni boshlagan edi. Bundan tashqari, Ozarbayjon gazi Xitoydan keyin «Gazprom»ning eng yirik ikkinchi mijozi bo‘lgan Gruziya va Turkiyaga ham sotiladi.

2023 yilda Ozarbayjon 23,8 milliard metr kub gaz eksport qilgan bo‘lib, uning salkam yarmi — 11,8 milliard kubi Yevropa bozorlariga kirib borgan.

Mart oyida energetika bo‘yicha yevrokomissar Kadri Simov 2027 yilga borib Yevropa Ittifoqi Ozarbayjondan har yili 20 milliard kub gaz xarid qilishni rejalashtirganini ma’lum qilgandi.

Rossiyaning Yevropaga quvurlar orqali gaz eksporti o‘tgan yili 28 milliard metr kubga qadar tushib ketdi — bu 1970 yillar oxirida beri kuzatilgan eng past darajadir. Urushdan oldingi davr bilan taqqoslaganda, gaz yetkazib berish deyarli besh barobarga, «Gazprom»ning Yevropa bozoridagi ulushi esa uch barobarga (45 foizdan 15 foizgacha) tushib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!