Siyyarto: Muzokaralar zarur...

Siyyarto: Muzokaralar zarur...

G‘arb tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar vaziyatni yaxshilagani yo‘q, mojaroni tugatish uchun muzokaralar boshlanishi kerak;

Bu fikrni CNN telekanaliga bergan intervyusida Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto bildirdi.

«Jang maydoni o‘rniga, muzokaralar stoliga o‘tirib, muzokaralar boshlanishini rag‘batlantirishimiz kerak», — deya diplomatdan iqtibos keltiradi TASS.

Siyyartoning aytishicha, muzokaralar «mintaqada barqaror va adolatli tinchlik» olib kelishi mumkin bo‘lgan tinchlik bitimiga umid beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!