Singapurda koronavirusga chalingan onadan tug‘ilgan farzandda antitanalar aniqlandi

Singapurda koronavirusga chalingan onadan tug‘ilgan farzandda antitanalar aniqlandi

Singapurlik Selina NG-Chang shu yilning mart oyida koronavirusga chalingandi. O‘shanda u homilador edi. Selina noyabr oyida farzand dunyoga keltirdi. Qizig‘i shundaki, yangi tug‘ilgan chaqaloqda koronavirusga qarshi antitanalar aniqlangan. Bu holat koronavirus ayol homilasiga yuqishi mumkinligi haqida yangi ma’lumotlarni taqdim qilmoqda.

Chaqaloq shu oyda COVID-19 kasalligisiz, ammo virusga qarshi antitanalar bilan dunyoga keldi,  deb xabar berdi Straits Times gazetasi yakshanba kuni.

“Shifokorimning taxmin qilishicha, homiladorlik paytimda koronavirusga qarshi antitanalar farzandimga ham ko‘chib o‘tgan” deydi Selina.

Selina Ng-Chan koronavirusni yengil o‘tkazgan va unga ikki yarim haftadan keyin kasalxonadan ruxsat berilgan.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan homilador ayollar ushbu kasallikni o‘z farzandlariga yuqtiradimi yoki yo‘q, degan savol so‘roq ostida turibdi. Hozirgacha ona bachadonida yoki ona sutida koronavirus namunalari aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!